jazo
bilan ulashing
1. Ayb yoki jinoyati uchun koʻriladigan chora.
-
Ogʻir jazo. Oʻlim jazosi. Jazo bermoq.
-
Koʻryapsiz-ku, haq joyiga qaror topadi, nohaq jazosini oladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Qilmishiga yarasha koʻriladigan oqibat, toʻlanadigan tovon.
-
— Zap qilgansiz, Otabek, — dedi usta, — yomonlarning jazosi shunday boʻladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Koʻy, qizim, Nuri tuhmat qilgan boʻlsa bir kun jazosini tortar, izza boʻlar. Oybek,Tanlangan asarlar
3. Biron ishni amalga oshirish yoʻli; chora, iloj.
-
Buning [togʻ qazishning] jazosi bir quloch-bir yarim qulochlik besh-oltita tayoq. Uyogʻi oson. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
jazo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jazo otryadi (yoki ekspeditsiyasi)
-
Hademay, sara turkman sarbozlari — xonning maxsus jazo otryadi yetib keldi. S. Siyoyev, Avaz
Jazoga tortmoq
-
Xoʻja Abdullodek koʻrnamakni jazoga tortqumizdir [dedi podshoh]. Oybek,Navoiy
Nima jazo?
-
Nim
-
jazo, kunning issigʻida ketmasangiz?
JAZO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАЗО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jazo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar