joyla
bilan ulashing
1. Batartib terib, taxlab qoʻymoq; sigʻdirmoq, qoʻymoq.
-
Yashiklarga olma joylamoq. Vagonlarga yuk joylamoq. Kitoblarni tokchalarga joylamoq.
-
[Gulnor] Sanoqsiz asboblar, idishlarni pala-partish yigʻishtirib, sandiqlarga joyladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Solmoq, solib bekitib qoʻymoq.
-
Miltiqqa oʻq joylamoq.
-
Koʻldosh bobo pulni poʻstinning ich choʻntagiga ehtiyotlab joylab qoʻydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
3. Biror ish yoki oʻqishga kirgizib qoʻymoq.
-
Oʻqishga joylamoq.
-
Nikanor ota uni oʻgʻliga qoʻshib, ustaxonaga ishga joylab qoʻydi. S. Ahmad, Hukm
-
Oʻsha zamonda oʻlib ketgan xolavachchasining oʻgay oʻgʻli doktor boʻlgan ekan, uni urishib-urishib, kasalxonaga joylab qoʻydi. A. Qahhor, Toʻy
JOYLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
joyla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar