joylash
bilan ulashing
1. Oʻtirmoq; oʻrnashmoq, joy egallamoq; sigʻmoq.
-
Xotinlar qiy-chuv bilan yetti aravaga joylashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Stansiyaning idorasi, pochta va telegraf ikkita koʻk vagonga joylashgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Eson-omon joylashib olgach, ovqatlanish va begona shaharni bir aylanish niyatida tashqariga chiqdim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. Yer yuzasi, tekislik yoki fazoda maʼlum vaziyat, joy olmoq, joylanmoq.
-
Maktab chorrahada joylashgan edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Magazin maktabga qatnaydigan yoʻlimiz chekkasiga joylashgan. Mushtum
-
Katta yoʻl yoqasida kompleksning maʼmuriy binosi joylashgan. Gazetadan
3. Oʻtirmoq, choʻkmoq.
-
U [Sherzod] tarelkasini olib, chol oʻtirgan stolning bir chekkasiga joylashdi-da, endi oʻrtadagi nonga qoʻl uzatgan edi, toʻsatdan cholning qoshigʻi stol tagiga taraqlab tushdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor.
4. Kirmoq, oʻrnashmoq.
-
Oʻqishga joylashmoq. Ishga joylashmoq.
-
Maktabda domlaning tarafdorlari ham bor edi. Bularning koʻplari maktabga domla vositasi bilan joylashgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Joylamoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Olmalarni yashiklarga joylashdi.
JOYLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖОЙЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
joylash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar