komendant
bilan ulashing
1. Qalʼa yoki mustahkamlangan hududda ushbu joyni qoʻriqlaydigan barcha qoʻshinning boshligʻi.
-
Shahar komendanti. Okrug komendanti.
-
Orsha shahrini ozod qilish operatsiyasida bevosita qatnashdim, keyin shu shaharga komendant qilib tayinlandim. N. Safarov, Olovli izlar
2. Garnizonda qorovullar xizmatining toʻgʻri borishi, mahbuslarning saqlanishi, harbiy xizmatchilarning jamoat joylari va koʻchadagi intizomi ustidan nazorat olib boruvchi harbiy mansabdor shaxs.
3. Temir yoʻl stansiyalarida va suv yoʻllarida (port va pristanlarda) qoʻshinlar, harbiylar va harbiy yuklarning toʻgʻri harakatlanishini kuzatib turuvchi harbiy xizmatchi.
-
Toʻrtinchi kuni kechqurun vagonlarga sham berilmadi, stansiya harbiy komendanti Chiroq, yoqilmasin! dedi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Ayrim muassasalarga qarashli uylarning, masalan, universitet yotoqxonasining boshqaruvchisi.
-
Bu xotin mehmonxona bilan yotoqxonaga komendant hamda ishchilarga kiyim tarqatuvchi ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
KOMENDANT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОМЕНДАНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
komendant so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar