mushkul
bilan ulashing
1. sifatdosh Hal qilinishi, yechilishi mahol boʻlgan; qiyin, ogʻir.
-
Mushkul ish. Mushkul vazifa. Mushkul ahvol.
-
Yoʻlchi oʻzi uchun mushkul masalani, yaʼni xoʻjayin oldiga kirib, undan pul talab qilishni oʻyladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Birodari aziz, ahvolingiz mushkul, achinaman, illo koʻmaklashishning uddasidan chiqolmayman. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. ot Qiyin ish, ogʻir ahvol, qiyinchilik.
-
Toʻlamat moʻylov, Sherbekning mushkulini birga tortishayotgandek, oʻyga choʻmdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
[Navoiy:] Shohim, har bir mushkulni aql va sovuqqonlik hal qiladi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
3. ot kam qoʻll. Ishkal chiqaruvchi, chatoqchi, chatoq.
-
[Safar boʻzchi:] Birorta mushkul igʻvo qildimi, zakotchining tomogʻi taqilladimi, qoʻltigʻimdagi boʻzni yoppa oldi-qoʻydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
[Yusufbek:] Hoy Toʻla, hushyor boʻl! Meni bilasan-ku, yigit-yalang ichida gapimni bermay yurgan mushkulman. Hamza, Paranji sirlari
MUSHKUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУШКУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mushkul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar