musht
bilan ulashing
1. Kaft-panjaning zarb uchun siqimlangan holati; mushtum.
-
Botirning mushti ham yarogʻ. Maqol
-
Qoʻrqqan oldin musht koʻtarar. Maqol
-
Nodirning qoʻllari musht boʻlib, pay tomirlari boʻrtib chiqdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2. Mushtum zarbi.
-
Tor joyda osh yegandan, keng joyda musht yegan yaxshi. Maqol
-
Sersoqol, dov askar bilan olishib, ikki musht bilan uni garanglatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
MUSHT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУШТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
musht so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar