mushohada
bilan ulashing
1. Kuzatish, koʻz bilan koʻrib tekshirish.
-
Kanizak aksari yoʻl boʻyidagi gʻoʻzalardan baʼzilari shoxlab ketishi toʻgʻrisidagi oʻzining mushohadalarini batafsil soʻzlab berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Fikr yuritish, oʻylash.
-
u esa tinchib, bus-butun mutolaa va mushohada daryosiga shoʻngʻiydi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
-
Badiiy asarni tahlil etish, albatta, olimdan keng mushohadani talab etadi. Fan va turmush
mushohada soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mushohada qilmoq (yoki etmoq)
-
Xatni ochar ekan, Homidning yuzida quvonch aralash bir jiddiyat mushohada etilar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
-
Biz bu gʻazal musannifini tutib gʻazal zimnidagi soʻzlarni mushohada qilib koʻrmogʻimiz maqbuldir. S. Siyoyev, Avaz
-
Sodir boʻlgan vaziyatni har kim oʻzicha mushohada etardi. S. Karomatov, Oltin qum
MUSHOHADA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУШОҲАДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mushohada so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar