sandal
bilan ulashing
Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yaponiyada maʼlum bir joyni isitish uchun moʻljallangan manqal; xonaning oʻrtasiga yoki chekkaroq yeriga chor-burchak chuqurchaga oʻrnatilgan, ustiga koʻrpa yopilib, atrofiga koʻrpachalar toʻshalgan xontaxtadan iborat boʻlib, ichiga saksovul yoki koʻmir choʻgʻi solinadi; tancha (qish sovugʻida sandalga oyoq-qoʻlni tiqib isiniladi, ayni paytda ustiga dasturxon yozib, undan stol sifatida foydalaniladi).
-
Kelinchak xokandozda choʻgʻ keltirib, sandal chuqurchasiga soldi va ustiga yangi quroq koʻrpani yopdi. Gazetadan
-
Bu uydagi sandal atrofiga shohi va atlas koʻrpachalar toʻshalgan, katta-katta parqu yostiqlar qoʻyilgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Undoq boʻlsa, olib kiringlar, sandalda isin-sin, taom beringlar. Mirmuhsin, Meʼmor
Bot. Nihoyatda xushboʻy, efir moyiga boy, doimiy yashil koʻp yillik daraxt (boʻyoq va xushboʻy efir moylari olishda foydalaniladi).
-
Ancha tuzalib, yoʻlga chiqib ketayotgan Meʼmor, Hojitabib bergan sandal yogʻochidan yasalgan asoga tiralib, xotini bilan bir lahza gaplashib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Xushboʻy sandal daraxtidan ishlanganmiz ustida Navoiydan kelgan oltin bogʻichli xat turardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Poshnasiz yozgi yengil oyoq kiyimi; sandalet, shippak.
-
U oyogʻiga doim yengil sandal kiyib yuradi. A. Majidiy, Injiq ziyoratchi
-
Uyda oyoq kiyimi bir necha par — chuvak, mahsi, sandal, kalish, tuflilar. Gʻ, Gʻulom
SANDAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САНДАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sandal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar