suhbat
bilan ulashing
1. Ikki va undan ortiq kishi oʻrtasidagi oʻzaro soʻzlashuv; musohaba; gurung.
-
Qizgʻin suhbat. Gangir-gungur suhbat. Xushchaqchaq suhbat. Suhbati shirin odam. Buloqning suvi tiniq, Dononing — suhbati. Maqol
-
Sanjar Tilla suhbat chogʻi ginaxonlik tarzida dedi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
-
Meʼmorning ikki qoʻli orqasida, oshnalarining suhbatiga quloq solib turgandek boʻlardi-yu, koʻzlari yuz qadamcha narida chodir qurayotgan shogirdlarida, oʻgʻil bola kiyimini kiyib olgan shaddod qizida edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Biror mavzuda eshituvchilar bilan fikr almashinuv, savol-javob tariqasida oʻtkaziladigan mashgʻulot; muloqot.
-
Ekologiya haqida suhbat.
-
Muftiy hazratlari, siz bilan axloq-odob haqidagi suhbatimiz ahli jamoaga foyda boʻladi. Gazetadan
3. koʻchma kam qoʻll. Oʻtirish, ulfatchilik.
-
Tantiboyvachcha bazmini, suhbatini koʻrgan koʻp xotinlarni endi sekin-sekin unuta boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Adabsiz, bahrasizlar suhbatin hargiz havas qilma, Toʻkilgay obroʻying, behuda zavq-u safodan kech. Habibiy
suhbat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suhbat qilmoq (yoki aylamoq, qurmoq)
-
Ahmon dev suhbat qilmoqqa moyil boʻldi. Malikayi ayyor
-
Navbahor ochildi gullar, sabza boʻldi bogʻlar, Suhbat aylaylik, kelinglar, joʻralar, oʻrtoqlar. Muqimiy
-
Choyxona soʻrilarida odamlar choy ichib, suhbat qurib oʻltiribdilar. Sharq yulduzi
SUHBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУҲБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suhbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar