taʼzim
bilan ulashing
1. Yuksak hurmat, minnatdorlik, tahsin.
-
Said Ahmad hikoyalarida taʼzimga sazovor obrazlar talaygina. F. Nasriddinov, Taʼzim va taʼzir
-
Xudoyor ismini eshituvchi ayonlar uning taʼzimi uchun oʻrinlaridan turib, yana oʻtirdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
odob, taʼzim xususida onasi ancha-muncha gaplarni uqtirib yuborgani uchun dasturxonni tezgina yigʻishtirib, choy icha boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shunday hurmat ifodasi sifatida egilib, boshni quyi solish yoki qoʻlni qovushtirish, koʻksiga qoʻyish.
-
Taʼzim bilan qarshi olmoq.
-
Rahim aka taʼzim bilan ikki-uch qadam orqaga tisarildi. F. Musajonov, Himmat
-
U darvozadan kirib, supaga oʻn-oʻn besh qadam qolganda, qoʻl qovushtirib, taʼzim bilan Assalomu alaykum, dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
taʼzim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼzim qilmoq (yoki etmoq)
-
Atrofda tobora odam koʻpayib borar, birov unga uzoqdan taʼzim qilar, birov quyuqqina koʻrishar, notanish kishilar sekin kalla silkib qoʻyardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Ganchxok [ganch kukuni] qorayotgan yigit Meʼmorga ilgarigidek salom berib, taʼzim etdi. Mirmuhsin, Meʼmor
TAʼZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼzim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar