tara
bilan ulashing
1. Taroq yoki boshqa biror narsa bilan soch, soqol va shu kabilarning chigilini yozmoq, tekislamoq.
-
Shundan keyin sochlarini bir tomonga silliq taragan tilla tishli yigit qoʻl koʻtardi. N. Aminov, Suvarak
-
Otam oʻylanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
-
Qorongʻida sokin turgan otning boʻynidan quchoqladi, barmoqlari bilan yolini taradi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. q. x. Ariq-joʻyaklarga suvni bir meʼyor-da taqsimlab oqizmoq, taratmoq.
-
Joʻyak olingan joylarda tajribakor suvchilar chanqagan gʻoʻzalarga suv tarardilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Shermat ota ikki gektarlik kartaga suv tarab boʻldi-da, egatlarni koʻzdan kechirib, oʻqariq boʻyiga chiqdi. H. Nuʼmon, Fasllar
3. koʻchma poet. Yoymoq, sochmoq.
-
Qorli togʻlar orqasidan Atlas sochin tarab quyosh, Goh moʻralab, oʻynatar qosh, Xanda sochar dudogʻidan. Gʻayratiy
tara soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuvib-taramoq
-
Men ukalarimni yuvib-tarab, kechqurun bir qoshiq obiyovgʻon qaynatib, yetimligini bildirmaslikka urindim. Oybek, Tanlangan asarlar
Tok(ni) taramoq
-
Bogʻbon boqqa qarolmapti, toklarini tarolmapti Yo. Shukurov, Asarlar
TARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tara so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar