taraddud
bilan ulashing
1. Biror ishni, maqsadni amalga oshirish uchun koʻriladigan tayyorlik, bajariladigan xatti-harakat.
-
Imtihon taraddudi. Safar taraddudi.
-
Har ikki tomon ham shu bugundan boshlab toʻy taraddudini koʻradigan boʻldilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Umuman, biror ish, narsani tayyorlash, amalga oshirish harakati.
-
Sharq ufqida quyoshning oltin barkashi tepaga koʻtarilganda, okoplarda frontcha nonushta taraddudi bosh-landi. B. Imomov, Hormang, quroldoshlarim
-
Elchiyev ham jamgʻarmasidan yaxlitini koʻtarib, bozor-oʻchar taraddudiga tushdi. E. Aʼzamov, Javob
-
Mulla Alimqul eshikdan kirib kelgan mehmon bilan koʻrishish va oʻz tagidagi koʻrpachadan joy berish taraddudi-da asta oʻrnidan qoʻzgʻaldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Qatʼiyatsizlik, ikkilanish holati; shunday holatda surilgan oʻy, fikr-xayol, tashvish, mulohaza.
-
Uning endigi taraddudi uchrashish yoki uchrashmaslik borasida emas, Raʼnoning oldiga ochiqcha borishmi, yashirinchami toʻgʻrisida edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Men Matlubaning shabadada toʻzgʻib, peshonasiga tushgan mayin sochlarini, taraddud ifodasi jilolanib, par-par yongan katta charos koʻzlarini koʻrdim-u, oʻzimdan ranjidim. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
-
Opa-singil oʻzlarini qayoqqa qoʻyishlarini bilmay, taraddudga tushib qoldilar, koʻchaga, yoʻlga qaradilar. A. Muxtor, Opa-singillar
-
[Yoʻlchi] Mehmonxona eshigiga kelib, taraddudda qoldi: kambagʻal uchun oʻz haqini talab qilish ham qiyin. Oybek, Tanlangan asarlar
TARADDUD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАДДУД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taraddud so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar