tarang
bilan ulashing
1. Qattiq tortilgan, solqa yoki burushiq joyi qoldirilmasdan kerilgan.
-
Tarang tortilgan arqon.
-
Nafisa koʻrdiki, ip juda tarang tortildi, endi shirt etib uzilib ketishi mumkin. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Bu tor, tarang kiyimda uning kelishgan qomati yanada boʻrtib turardi. S. Siyoyev, Otliq ayol
2. Toʻlishib silliq tortgan, tekis.
-
Tarang siynalar qora koftaga sigʻmay, qoʻsh choʻqqiga aylangan. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Bir necha kun ichida Nodirjonning eti ustuxoniga yopishdi, eti, tarang peshonasida ajinlar paydo boʻldi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
3. koʻchma Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, narsa, holat kabilarning yuqori darajasini, soʻnggi chegarasini bildiradi.
-
Uning butun vujudi hayajon bilan tarang tortilgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
uning uyatchan koʻzlariga koʻzi tushib, tarang asablari birdan boʻshashib ketdi. S. Nurov, Narvon
-
Salomxonadagi tarang vaziyat bir oz yumshagandek boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Nizomjon ana shu oilada, hamisha tarang roʻz-gʻor ichida oʻsdi. S. Ahmad, Ufq
tarang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarang qilmoq
-
Arqonni tarang qilmoq;
-
Shunday paytlarda Huri juda ochilib ketar, gali kelganda, hech tarang qilmay, qoʻlidan kelganini koʻrsatar edi. F. Musajonov, Huri
-
Kelinni aravada olib kelishayotganlarida, guzarlarda toʻsishardi sovrin tilab, atayin tarang qilishardi R. Rahmon, Mehr koʻzda
TARANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar