taraf
bilan ulashing
1. aynan Tomon 1-4.
-
U taraf. Bu taraf. Har taraf.
-
Oʻrdaning tashqarigi qismining uch tarafi (janub, sharq, gʻarb) binosiz, faqat qoʻrgʻon devorlarining zinalari edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kunduzi qum tarafdan iliq, nafasni qaytaradigan shamol esadi. S. Ahmad, Ufq
-
Har ikki taraf, kim oʻzar oʻynagandek, otash maqtovlar bilan bir-birini oʻqqa tutdi. F. Musajonov, Himmat
-
Shuning uchun boshqa oʻyinlarni qoʻya turib, majlisning eng qiziq tarafi boʻlib sanalgan lapar aytishga koʻchdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
har ikki taraf oʻrtasidagi vaziyat tobora keskinlashib borardi. K. Yashin, Hamza
-
Aytmadi, soʻrasam, gapni boshqa tarafga chalgʻitdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Kurashuvga, bellashuvga, bahslashuvga xohish bildiruvchi shaxs, talabgor.
-
Biror shaharga kelganida, unga [Qulmat qoraga] taraf chiqmay qolsa bormi, bunday shaharning yigitlari yigit hisoblanmasdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Ishboshi: — Qani, taraf bormi? — deb, polvonlarni maydonga chaqirganda, nima boʻldi-yu, tavakkal qilib, oʻrnimdan turib ketdim. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. folk. Dushman, gʻanim.
-
Qashshoqlarga boylar koʻp taraf boʻldi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Men oʻlmasam, taraf bosmas izingni. Yusuf va Ahmad
4. koʻm. vzf. (3-shaxs egalik va chiqish kelishigi shaklida). Tomonidan, jihatidan.
-
Oʻz yonlaridan sarf qilish uchun aqchalari yoʻq, hukumat tarafidan beriladigan ovqatning salmogʻi yoʻq edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
taraf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarafini olmoq
-
Janjal chiqqan vaqtlarida podsho kambagʻallarning emas, boylarning tarafini olar ekan. N. Safarov, Olovli izlar
Taraf yoʻq
-
Uning [Valijonning] odamoxunligi, koʻngilchanligiga taraf yoʻq. H. Nazir, Olmos
-
Gapdan gap chiqarishga senga taraf yoʻgʻ-a, xotin A. Muhiddin, Hadya
TARAF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taraf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar