tarafkash
bilan ulashing
1. Biror tomonning tarafini oluvchi; tarafdor.
-
Bedana egalari va ularga pul tikkan tarafkashlarning koʻzlari ola-kula, yuraklari taka-puka boʻlib, nafaslari ichiga tushib ketdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Qarshi chiquvchi, kurashuvchi, bellashuvchi; talabgor.
-
— Burgutning yigitlari hali kurashda yelkasi yer koʻrmagan polvonlar. Hozir bu polvonlarga Fargʻona tomonda tarafkash yoʻq, — dedi yigit. S. Ahmad, Choʻl burguti
3. Taraf-bataraf boʻlib kurashuvchi; guruhboz.
-
Mening qishlogʻimda tarafkashlar koʻp. Bir-birini kovlaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TARAFKASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАФКАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarafkash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar