tur
bilan ulashing
1. Oyoq uzra tik vaziyatda boʻlmoq.
-
Oyoq uchida turmoq. Saf tortib turmoq. Koʻcha boshida turgan yigit. Tiz choʻkib yashagandan tik turib oʻlgan yaxshiroq. Maqol
-
[Yoʻlchi] Qoʻl qovushtirmadi, qandaydir xomushlik, beparvolik bilan jimgina turdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kirsam, Qoʻqonga ketgan Qayum ponsad uch-toʻrt yigi-ti bilan qushbegining qarshisida turibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Biror joy-makon, vaqt, holatda mavjud boʻlmoq.
-
Tokchada turgan soat. Koʻcha chetida turgan mashina.
-
Madrasa tomi qirrasida turib, pastdan paqirda arqon bilan suv tortib olayotgan yigit gʻisht tarashlab oʻtirgan keksa odamga oʻzga tilda bir nima dedi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Oʻq otish nuqtalarida qorovul pulemyotchilar turibdi T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Bir hafta turgan boʻlsak, har kuni oltmish xonadondan dasturxon chiqadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Biz katta ishlar, ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida soʻz
-
Askarlarimiz dadil turib, dushmanga talafot yetkazar edilar. Gazetadan
-
Bizning gapimizni ikki qilmaysiz, nima xizmat boʻlsa, belni bogʻlab shay turasiz. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Inson qalbida ulugʻ va savobli ishlarni qilish istagi bormi, u tek turolmaydi. Gazetadan
3. Biror joy-makonda istiqomat qilmoq, hayot kechirmoq; yashamoq.
-
Mullajon amakim bozorga shunday yaqin Gulzorobod mahallasida turadilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
sakson uchga kirgan amakimiz borlar. Shaharda turadilar. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Vaqqos otaning bu yil qishloqda ishi koʻp boʻlgani uchun Omil ham Nodirlarnikida turadigan boʻldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
4. Umr koʻrmoq, yashamoq; yashab ketmoq.
-
Dunyo turguncha turing. Shu ayol bilan ikki yil turdi. Toʻngʻich farzandi turmadi.
-
[Qumri] Bolasi turmay-turmay, yakka-yolgʻiz arzandasi Tursunboyni, shamolni ham ravo koʻrmay, avaylab boqib katta qildi. S. Ahmad, Ufq
5. Oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan joy, soha, vazifa va shu kabilarda ishlash, shunday ish-vazifani bajarish maʼnosini bildiradi.
-
Mudofaada turmoq. Qorovul turmoq.
-
Tishdan qaraganda eski, koʻrimsiz, lekin katta, sermol doʻkonda Mirzakarimboy bilan Salimboyvachcha turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Kutgan holda boʻlmoq, boʻlishi, yuz berishi, kelishi umidida boʻlmoq, shu maqsadda oʻzini tutmoq.
-
Bir oz turaylik-chi, zora kelib qolsa. Shuncha turdik, yana sabr qilaylik-chi, ishimiz yurishib qolar.
7. Ishlatilmay, sarflanmay, buzilmay, oʻz mavjud holatida boʻlmoq; saqlanmoq.
-
Yuborgan narsalaring hammasi turibdi. Qirqma qovun koʻp turadi.
-
Kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar maxsus oʻralarda yaxshi turadi.
8. Navbatda, qatorda mavjud boʻlmoq; bor boʻlmoq.
-
Chorvadorlarimiz oldida juda muhim vazifalar turibdi. Gazetadan
-
Bugungi kunda insoniyat oldida nihoyat muhim muammo turibdi, u ham boʻlsa, Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish. Gazetadan
-
Sizlarning oldingizda dehqonchiliklaringizni yoʻlga qoʻyib yuborish vazifasi turadi. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
9. Oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan daraja, mavqe, qiymat va shu kabilarga egalikni bildiradi.
-
[Yormat] Hammasini tushuntirdi: ot, arava besh ming soʻm turadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bizning jamiyatimizda inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qanday boylikdan yuqori turadi. Gazetadan
10. Yotgan, oʻtirgan va shu kabilar holatdan gavdasini tik holatga olmoq, qaddini tiklamoq.
-
U vannada qancha yotgani bilan dili ravshan tortmasligini bilib, oʻrnidan turdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Shiyponda oʻtirgan Nodir bobosini koʻrib, shoshib oʻrnidan turdi-yu, koʻngli buzilib, salom berishniyam unutdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
11. Uygʻonib, oʻrnidan qoʻzgʻalmoq, oʻrnini tark etmoq.
-
Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Er-talab bulbullarning xonishidan barvaqt turib, uzumzor, paxtazorlarni aylandik. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
12. koʻchma Harakatga kelmoq, qoʻzgʻalmoq, koʻtarilmoq (shamol, chang-toʻzon va shu kabilar haqida).
-
Keyin dovul turdi Moʻytanlar qocha boshladi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Shamol turdi, chinor yaproqlarining soyasi titray boshladi. Gazetadan
13. yord. fl. vzf. Ravishdoshning -(i)b, -a, -y qoʻshimchali shakllari bilan qoʻllanib, yetakchi feʼl bildirgan harakatning davomliligi, vaqtinchalik harakat ekani va boshqalar maʼnolarni bildiradi.
-
Qatnab turmoq. Soʻrab turmoq. Baqrayib turmoq. Ishlab turmoq.
-
Eshik ochiq boʻlgani uchun ichkaridan futbol kommentatorining uzuq-yuluq ovozi eshitilib turardi. F. Musajonov, Nozik masala
-
Sartaroshlik yomon kasb emas. Oppoq xalatlarni kiyib, atir-upalar hidi burqirab turgan ozoda xonada oʻtirasan. E. Raimov, Ajab qishloq
tur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir oz turib
-
— Oʻqimasang, oʻqimassan. — Keyin bir oz turib soʻradilar: — Haydavordimi? E. Raimov, Ajab qishloq
Borib turgan
Kurakda turmaydigan
Oyoqqa turmoq
-
U nutqini tugatganda, butun zal oyoqqa turib, gulduros qarsak chaldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Xurramov shifo joylarida uzoq davolanib, oxiri oyoqqa turdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
Turgan gap
-
Masʼul lavozimdagi xodim yetti oʻlchab, bir kesmasa, uning xatosi qimmatga tushishi turgan gap. Gazetadan
Turib olmoq
-
Bormayman, deb turib oldi
-
Men [oʻqimayman deb] soʻzimda turib oldim. E. Raimov, Ajab qishloq
U yoqda tursin
-
Qoʻrqoq odam jangda oʻzini yoʻqotib qoʻyishi ayon, hujum u yoqda tursin, oʻzini himoya qilishni ham unutadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Meʼmor hozir tunda Ark tomon borish u yoqda tursin, shahar koʻchalarida yurish ham mushkul ekanini tushundi. Mirmuhsin, Meʼmor
Qarab turmoq (yoki oʻtirmoq)
-
— Qiziq! — dedi hokim cholga qarab turib. Uning soʻzi ohangida masxaralash ham bor edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men bolaga qarab turdim, onasi non yopdi.
-
Saroyda birmuncha mollarimiz boʻlar edi. [Hasanali] Saroyda mollarga qarab turadir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Siz uy solsangiz, men ham qarab turmayman.
-
[Yoʻlchi:] Men qarab turma-dim: poda boqdim, oʻroqchilik qildim, otboqar boʻldim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Boy:] Bittasi manmi? Bittasi Shoyunus karvonmi? Har kimning karmoni oʻziga maʼlum. Ammo bizlar qarab turmaymiz, qoʻldan kelgancha, hukumatga yordam beramiz. Oybek, Tanlangan asarlar
Qil ustida turmoq
-
Uning hayoti qil ustida turardi. O. Yoqubov, Diyonat
TUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar