tuxum
bilan ulashing
1. Urgʻochi parranda, toshbaqa va boshqalar baʼzi hayvonlarning bola ochish uchun qoʻyadigan, qobiq bilan oʻralgan jinsiy yumurtqasi va shu narsa — tarkibida barcha oziq moddalariga ega boʻlgan taom mahsuloti sifatida.
-
Tovuqning tuxumi. Oʻrdakning tuxumi. Tuxum qilmoq. Qovurilgan tuxum. Tuxum yutmoq.
2. biologiya Jinsiy hujayra.
-
Tuxum yoʻli. Tuxum hujayrasi.
3. bot. Urugʻ.
-
Oshqovoqning tuxumi.
4. koʻchma Nasl, avlod, zurriyot, zot.
-
Tuxumi qurigan hayvonlar.
-
Koʻk qurt! Yomon ofat. Gʻoʻzaning zavoli. Tezda tuxum-tuxumini quritish kerak. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Oʻlsam oʻlayin, odam tuxumidan qoʻrq-mayman. Oysuluv
5. koʻchma Umuman, yuzaga keltiruvchi narsa, urugʻ.
-
Agar siz nafsilamrga qarasangiz, ikki xalqni bir-biriga sovuq koʻrsatib, adovat tuxumini sochib keluvchi bir nechagina odam bor A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tuxum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Anqoning tuxumi
-
Nimasini surishtirasiz, mulla aka, xoʻjayinlar orasidan epaqaga keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
Tuxum bosmoq
-
Bundan rosa un yil burun mana shu boloxonadagi qaznoqda tuxum bosib yotgan farangi tovuq birdaniga qoqolab, tom orqasiga — Sobirjon qorinikiga uchib tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Soʻrining burchagiga in qurgan musichaning tuxum bosib yotganini kuzatdi. Gazetadan
-
Rahim tagʻin chetga surilardi, balki yana chakagini bogʻlab, uyda tuxum bosib qolardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Tuxum bostirmoq
-
Komiljon bostirgan tuxumlar joʻja boʻlmay, palagʻda chiqib qoldimi? I. Rahim, Ixlos
Tuxum ochmoq
Tuxum urishtirmoq (yoki oʻynamoq)
-
Ikki ariqning atrofiga choyxonalar ochilardi Qimorbozlik boʻlardi, mozorlardan shayx va qalandarlar kelardi tuxum oʻynashardi, soʻngra mastbozlik. I. Rahim, Ixlos
Tuxumga kirmoq
-
Tovugʻimiz tuxumga kirib qoldi.
Tuxumdan chiqmoq
Tuxumi ogʻziga kelmoq (yoki tiqilmoq)
-
Oxiri tuxum ogʻziga kelganda, ha boʻl, ha boʻlga tushib, shoʻr yerning yarmini ham yuvolmadik. Mushtum
Tuxmi odam (yoki inson)
-
Sultonim, bir kun boʻlgan odam, bir kun oʻladi, tuxmi odam boshida shu savdo bor. Gulixiromon
Tuxumini quritmoq (yoki qirmoq)
-
Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda boʻlsa, meni ham ossinlar! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U [Davlatyor] figʻon chekayotir: — Seni oʻldirganning tuxumini qiraman, akajonim! P. Tursun, Oʻqituvchi
TUXUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУХУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuxum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar