tuya
bilan ulashing
Bir yoki ikki oʻrkachli, juft tuyoqli, asosan, yuk tashish uchun xizmat qiladigan, suvsizlikka chidamli sutemizuvchi ish hayvoni.
-
Tuyalarni haqli ravishda sahro kemalari deb atashadi. Gazetadan
-
Baʼzi kunlari [Yoʻlchi] koʻmir saroyga tushib, koʻmir, tappi, xashak keltirgan qozoqlarning tuyalarini xaridorning uyiga yetaklaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Suvsizlikni tuya koʻtaradi A. Qahhor, Maston
tuya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baqiroq tuyaning bori yaxshi
-
Baqiroq tuyaning bori yaxshi, deydilar. Ota-ona borligida bolalar bir-birlari bilan ahil boʻladilar I. Ahmedov, Ogʻir operatsiya
Kambagʻalni tuyaning ustida it qopar
-
Qambagʻalni tuya ustida it qopsin ekan-da?! Mushtum
Nonini tuya qilmoq
-
Ishonamizki goʻdaklar nonini tuya qilib kelayotgan Unsin Boltaboyevani ogʻir tashvishdan tez xalos etib, u bilan uzil-kesil gaplashib qoʻyadigan mardi maydon topilur. Sh. Tohirov, Teshik tomoq
-
Qachongacha mahalla hisobiga kayf-u safo qilib, xalq nonini tuya qiladilar. Gazetadan
Ot bilan tuya boʻlarmidi
-
Jonfigʻon mukofotni oʻz gazi bilan oʻlchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi — olgan mukofotiga ot bilan tuya boʻlarmidi, debdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Tuya goʻshti yegan
-
Tuya goʻshti yegan teatr. Mushtum
Tuya koʻrdingmi — yoʻq
-
Tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborib, tuya koʻrdingmi — yoʻq, deb bezrayib turaveradiganlar chiqib qoldi. Mushtum
Tuya choʻksa, joy topar
-
Eshikdan birin-ketin odamlar kirar soʻngra tuya choʻksa, joy topar qilib, u yer— bu yerga siqilib oʻtirardilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
Tuya hammomni havas qilganday
-
Tuya hammomni havas qilganday, senga kim qoʻyibdi bunday ishlarni.
-
Raisliging oʻzingga buyursin. Men tuya emasmanki, hammomni orzu qilsam. T. Malik, Ajab dunyo
Tuyani yutib, dumini koʻrsatmaydi
-
Hozir u tomogʻining qurtini oʻldirish uchun tuya boʻlsa ham, dumini koʻrsatmay yutib yuborishdan toymaydi. Mushtum
-
Tuyani yut, lekin dumi ogʻzingdan koʻrinib turmasin. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Tuyaning dumi yerga tegganda (yoki yetganda)
-
Hasan soʻfi: — Suv chiqadi-yu, lekigin boyga yarasha chiqadi. Bu suvdan bizga tuyaning dumi yerga yetganida tegadi, — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Hayt degan tuyaga mador
-
Ish sensiz toʻxtab qolmaydi, ammo hayt degan tuyaga mador, — dedi A. Muhiddin, Inson qalbi otash
TUYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar