xavotir
bilan ulashing
Biror kimsa, narsa yoki biror ish, hodisa haqida tashvishlanish, hadiksirash.
-
Kelmaganingizdan xavotirda edim.
-
bir oyogʻi choʻloq xomsemiz Eminhoji tegirmonchi xavotirda atrofga jalanglab turardi. T. Ashurov, Marvarid tut
-
Haydar boshini koʻtardi, Kozimga xavotir aralash sinchkov boqdi. E. Usmonov, Yolqin
xavotir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xavotir boʻlmoq (yoki olmoq)
-
Ishlaganlarning haqini oʻzimiz toʻlaymiz, xavotir boʻlmanglar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yigitlar undan [Inomjondan] xavotir olib, ancha vaqtgacha uxlamay kutib oʻtirishdi. S. Ahmad, Moʻtti
Xavotir qilmoq
-
— Jon bolam, — dedi [Xadicha xola] hovlining oʻrtasida turib, — xat yuborgin, bizni xavotir qilma;
-
Shuncha odam orasida har qaysisi oʻzidan xavotir qilmay, bir-birining sirini ochib tashlayotipti. A. Qahhor, Ogʻaynilar
Xavotirga solmoq
-
Uni yana bir narsa xavotirga solib qoʻygan edi. Oʻ. Umarbekov, Odam boʻlish qiyin
Xavotirga tushmoq
-
Zargarov Ziyodaning hayotini bilgan sari, xavotirga tushar edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
XAVOTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАВОТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xavotir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar