yaxshilik
bilan ulashing
1. Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik.
-
Hikoya alohida shaxslarning yaxshiligi yo yomonligi haqida, yo boʻlmasa, tur-mushdagi biror tasodif ustida yozilmaydi. A. Qahhor, Sarob
-
Toshkentga qaytishda meni ham olib joʻnadilar. Chunki yaxshiligimni, toʻgʻri, halol ishlaganimni bilar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini koʻzlab ish tutish, biror manfaat yetkazish; mehribonlik; xayrli ish, ezgulik.
-
Yaxshilik qilmoq. Yaxshilikni unutma. Sizga yaxshilik xohlayman. Yaxshilikning kechi yoʻq. Matal
-
Yomondan yaxshilik kutma. Maqol
-
Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda. Maqol
-
Yaxshi odamlar hamma joyda topiladi. Lekin bu bechoralarning qoʻllaridan birovga yaxshilik qilish kelmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yoʻq, xuddi shunday! Lekin men xotinim bilan ancha yildan beri turib, undan koʻp yaxshiliklar koʻrganman. Bu yaxshiliklarning har qaysisi koʻnglimdan alohida-alohida joy olgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Yaxshi ekanlik.
YAXSHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯХШИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YAXSHILIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YAXSHILIK so‘ziga berilgan ma’nolar
yaxshilik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
yaxshilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar