yaxshi
bilan ulashing
1. Ijobiy sifatga ega boʻlgan, biror talabga toʻla javob beradigan, kishiga yoqadigan, maʼqul boʻladigan.
-
Yaxshi kishi. Yaxshi ot. Yaxshi baho. Yaxshi gap. Yaxshi gʻoya. Yaxshi tilaklar Yaxshi yemoq. Yaxshi kiymoq. Oʻzini yaxshi tutmoq.
-
Yaxshi soʻz — jon ozigʻi, Yomon soʻz — bosh qozigʻi. Maqol
-
Yaxshi oshini yer, yomon — boshini. Maqol
-
Yaxshiga yondash, yomondan qoch. Maqol
-
Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Maqol
-
[Kumush] Kundan-kunga Zaynabning susayib, oʻziga begonalashib borganini yaxshi anglar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yaxshi gapirib ham koʻrdi, yomon gapirib ham koʻrdi, foydasi boʻlmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Gulnor, siz yaxshi oʻylang, ixtiyor sizda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yaxshining yuzida zuluk ham xol boʻlib koʻrinadi. A. Qahhor, Toʻyda aza
2. modal so‘z Rozilik, maʼqullash maʼnosini bildiradi; xoʻp boʻladi, durust, maʼqul.
-
Yaxshi, hozir yetib boraman. Yaxshi, men yana oʻylab koʻraman
-
[Yusufbek hoji:] Yaxshi. Vaʼda ham berayin, ammo sen unashmay tur! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Oqsoqol] Oʻrnidan turdi va qattiq ovoz bilan: — Yaxshi. Bu kishiga ham formadan berasan, — dedi va shoshganicha chiqib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
yaxshi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yaxshi koʻrmoq
-
Suhbatni yaxshi koʻradi. Ozoda kiyinishni yaxshi koʻraman.
-
Bu kambagʻal xasta yigitni Yoʻlchi yaxshi koʻrar, ahvoliga koʻngildan qaygʻurar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir-birini yaxshi koʻrmoq.
-
— Rostini ayt, muallim bolani yaxshi koʻrasanmi? — deb soʻradi Tojiboy qoʻqqisdan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Zulfiqor ustodning qizini nihoyatda yaxshi koʻrib qolganini doʻstiga aytib qoʻygan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
YAXSHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯХШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaxshi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar