yaydoq
bilan ulashing
1. Egar-jabduqsiz, yalangʻoch (ot haqida).
-
Yaydoq otni yetaklab olgan baland boʻyli xushmoʻylov yigit anhor tomonga oʻtib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Yarim soatdan keyin haligi yigit, yaydoq ot ustida oʻqday uchib oʻtdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Yigitlar otlarni yaydoq minib, uy anjomlarini tepaliklarga tashimoqdalar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. koʻchma Oʻsimlik oʻsmaydigan, oʻt-oʻlansiz, dov-daraxtsiz; yap-yalangʻoch.
-
Yaydoq choʻl.
-
Yaydoq Boʻz ham madaniy, Biz uni yuganladik. Gʻ. Gʻulom
-
Toʻrtkoʻl desam, Nukus qalʼam sogʻintirar, Chimboydagi yaydoq dalam sogʻintirar. S. Akbariy
3. koʻchma Hech narsasi yoʻq; qashshoq.
-
Buni haydang, sira qoʻymang, Ishi savdo-yu xarid, Olti kunda hammani Yaydogʻ-u yakson qiladir. Hamza
YAYDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯЙДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaydoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar