bola-chaqa
bilan ulashing
1. Katta-kichik bolalar; bola-baqra.
-
Yigit yalt etib, qoʻshni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvullashib, paxta terishayotgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xodimlarning uchovida ham bola-chaqalari bor ekan. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
-
Bola-chaqalarining orzu-havasini koʻrishsin. K. Yashin, Hamza
2. Oila aʼzolari (xotin va bolalar).
-
Musofirlik qiyin, bola-chaqani sogʻinadi kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
bola-chaqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bola-chaqa qilmoq (yoki koʻrmoq)
-
[Mamat Xolisxonga:] Bola-chaqa koʻrgandan keyin bir umr borib turishga ham vaʼda beraman. Hamza, Paranji sirlari
BOLA-CHAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛА-ЧАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bola-chaqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar