farovon
bilan ulashing
1. Har jihatdan toʻla-toʻkis taʼminlangan, hamma narsasi moʻl-koʻl; toʻq. Farovon hayot.
-
Yaxshi ishlasak, oʻz turmushimiz farovon, yurt obod boʻladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Ayol bor joyda mehnat mazmunli, farzandlar baxtiyor. Oila farovon va ahil. Saodat
2. Koʻp miqdorda mavjud boʻladigan; moʻl-koʻl, serob.
-
U tomonlarning [qishloqning] birinchi va farovon mevasi uzum edi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Bu sirni koʻrib, ja [juda] boʻldim hayron, Hay desam, kelurmi soʻzlar farovon. Murodxon
3. koʻchma Obod, yashnagan, baxtiyor.
-
Farovon hayot bu — goʻzal turmush, osuda, serfayz hayot demakdir. Gazetadan
-
Farovon qishloqlar, obod shaharlar, Nur bilan balqigan oppoq saharlar. J. Jabborov, Togʻlar sadosi
FAROVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРОВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farovon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar