farq
bilan ulashing
Narsalar orasidagi nomuvofiqlik, nooʻxshashlik; ayirma, tafovut.
-
Soʻzdan soʻzning farqi bor, oʻttiz ikki narxi bor. Maqol
-
Margʻilonlik kelin bilan sening bizga hech bir farqlaring yoʻq, ikkovlaring ham bolamizning qoʻshogʻi — bolamizsiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xayol bilan hayot orasidagi farq qanchalik kalta boʻlishini Bobur endi bildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ilm bilan amal oʻrtasida katta farq bor. S. Zunnunova, Olov
farq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farq qilmoq
-
Ayniqsa Elmurod bu holatni boshqalardan koʻra koʻproq farq qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Pismiq, telba farq qilar, Tinch oqqan suv gʻarq qilar. Maqol
-
Kuyganyorning tabiati boshqa joylardan farq qilar edi. S. Ahmad, Ufq
-
Masal lirikadan oʻzining voqeabandligi bilan farq qiladi. OʻTA
Farqiga bormoq
-
Aslida Ahmad yoqut nima, dur, brilliant, marvarid nima, unchalik farqiga bormasdi. F. Musajonov, Himmat
-
Juvon bu gapni hazil aralash aytdimi, chin aytdimi, Sidiqjon farqiga borolmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Sochning ikki tomonga tarashdan boshda hosil boʻladigan yoʻl, chiziq.
-
Farq ochmoq.
-
Farqni qiyshiq ochmoq.
-
Qutlugʻ Nigor xonimning rangi xiyol oʻchgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan joyida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini koʻrdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Zulayho ikki kafti bilan sochlarining farqini ochib, boshini koʻtardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
FARQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar