fartuk
bilan ulashing
1. Odatda kiyimni iflos qilmaslik uchun uning ustidan kiyiladigan yoki ish paytida belga bogʻlab olinadigan ish kiyimi; peshband.
-
Boshida mogʻor bosgan eski doʻppi, oldida shakar qopdan tikilgan fartuk. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Toʻrdagi stol yonida xat yozib oʻtirgan oq fartukli xushroʻygina qiz daftardan boshini koʻtarib: — Keling, xizmat? — deb soʻradi. H. Gʻulom, Binafsha atri
2. Uquvchi qizlarning rasmiy maktab kiyimi ustidan kiyiladigan oq yoki qora rangdagi yengil kiyimi.
-
Havorang shtapel koʻylak ustidan oq fartuk kiygan bir jajji qiz oltinchi V sinfining qoʻshtabaqa eshigi oldida bir oz alanglab turdi. M. Ismoiliy, Bizning roman
3. s. t. ayn. Etak 2.
-
Izzatulla oʻrnidan turib, bir fartuk paxta koʻtarib kelayotgan Shoira ismli kotiba qizga peshvoz chiqdi. N. Aminov, Qahqaha
FARTUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРТУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fartuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar