farzand
bilan ulashing
1. Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; oʻgʻil yoki qiz (ota-onaga nisbatan); bola.
-
Farzand aziz, odobi undan aziz. Maqol
-
Davlatning boshi — farzand. Maqol
-
Ota-onang — davlating, Farzandlaring — savlating. Maqol
-
Farzand — bu kelajak, farzand — oʻtgan ajdodlarni kelajak avlodlar bilan abadiy bogʻlaydigan halqa. K. Yashin, Hamza
-
Asrorqul farzand koʻrdi bolaning otini Yodgor qoʻydi. A. Qahhor, Asror bobo
2. kt. koʻchma Oʻz Vatani yoki xalqiga manfaat keltiradigan, unga astoydil xizmat qiladigan kishi; vatanparvar, elsevar.
-
Vatanning sodiq farzandlari. Millat farzandi.
-
Mustaqil davlat farzandi ekanligimdan boshim osmonga yetdi. Gazetadan
3. koʻchma Biror jamoa, ijtimoiy-siyosiy, gʻoyaviy guruh, harakat yoki hududga mansub, unga aloqador shaxs.
-
Musulmon farzandi.
-
— Musulmon farzandisiz, dilingizdagi vasvasani haydang. K. Yashin, Hamza
-
Qaylardadir fisq-u fasod, hasad, xusumat Insoniyat farzandlarin tortmoqda dorga. A. Oripov, Yillar armoni
4. koʻchma Biror maʼnaviy, ruhiy faoliyat mahsuli.
-
Sheʼr — ilhom farzandi. Aql — ehtiyoj farzandi.
FARZAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРЗАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
FARZAND so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan FARZAND so‘ziga berilgan ma’nolar
farzand so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
farzand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar