farz
bilan ulashing
1. din. 1 Shariatda barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan diniy amallar.
-
Haj islomiy farzlarning beshinchisi va soʻnggisidir. Gazetadan
-
musulmonlar uchun xudoning aytgani farz boʻlib, unga shak keltirish, undan zorlanishning oʻzi ham gunoh hisoblanadi. UTA
2. Bajarilishi zarur boʻlgan axloqiy-maʼnaviy vazifa, burch.
-
Yoshning hurmati — qarz, qarining hurmati — farz. Maqol
-
Qarz, qarzni berish farz. Maqol
-
Keksalardan koʻngil soʻrab turish, kezi bilan koʻmak berish yoshlarga farz-u qarz. Gazetadan
farz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farzi
-
Butun umrida peshonasi sajda koʻrmaganlar ham koʻp, ammo farzi aynning bosh tomonidan toʻrt-besh jumlani har kim qiynalmasdan sayray olar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Rais afandi mulozimlariga darra koʻtartirib, namozsizlarni tekshirar, farzi aynni bilmaganlarni urdirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
FARZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar