fil
bilan ulashing
1. zool. 1 Afrika va Osiyoda yashaydigan, sutemizuvchilar sinfiga mansub, sirtga chiqqan ikkita uzun, kurak tishli va baquvvat xartumli, oʻsimliklar bilan ovqatlanuvchi ulkan jussali hayvon.
-
Quruqda yashovchi hayvonlarning eng yirigi fildir. Zoologiya
-
Chivin koʻplashsa, filni yiqitadi, degan gap bor. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Shaxmat taxtasida burchak harakati (diagonal) boʻyicha istagan katakka yura oladigan sipoh.
-
[ Shayxulislom] E.. E.. gʻalat, filingizni koʻrmabman. Uygʻun va I. Sultan, Alisher Navoiy
3. koʻchma Baquvvat, qudratli, katta imkoniyatlarga ega.
-
Xalilov bilan bahslashib oʻtirish shartmi! Xalilov — fil, sen — qoʻchqor. I. Rahim, Ixlos
fil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fildan pashsha yasamoq yoki pashshani fil qilmoq
-
Siz, oʻrtoq Rafiq, pashshadan fil yasamoqchi boʻlasiz! N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
— Uzzukun pashshani fil qilib, qayoqdagi gaplarni chulgʻatib yurdingiz. A. Muhiddin, Hadya
-
U.. rost-yolgʻon xabarlarning pashshasini fil qilib yetkazib, uyimizni kuydirdi. S. Ayniy, Qullar
FIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar