fitr
bilan ulashing
1. din. 1 Roʻzaning tamom boʻlishi; roʻza tamom boʻlishi bilan odatdagicha ovqatlanish huquqiga ega boʻlish.
2. Roʻza oxirida kambagʻallarga, mullalarga beriladigan sadaqa, ehson.
-
Hosilning oʻndan biri hisobida machitga beriladigan ushur, mohi ramazonda jon boshiga beriladigan fitr, imomga, mirobga, sartaroshga beriladigan kapsan qoʻying-chi, hammasi ana shu shoʻrlik chorakorga tegadigan toʻrtdan bir boʻlak ustida. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻtgan hafta mulla Qudratga oʻttiz soʻm fitr puliyam berdim. M. M. Doʻst, Galatepa qissasi
fitr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fitr(i) roʻza
-
Ammo men boʻlsam, topgan foydalarimning yarmini hamisha xayr-u sadaqaga sarf qilaman: imomga fitri roʻza beraman, xalqni qurbonlik goʻshtidan ziyofat qilaman.. Bularning bari sadaqa. S. Ayniy, Doxunda
FITR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИТР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fitr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar