hordiq
bilan ulashing
1. Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.
-
Muloyim, dilnavoz sadolar uning [Yoʻlchining] butun tomirlaridan hordiqni sugʻurganday boʻldi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Bolalarning zakazini bajarishga ketgan dam olish soatlarining hordigʻi birvarakay yozilganday, koʻkragini toʻldirib nafas oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Erkin mehnat qoʻshiqlaring bastalab, Yaxshilab chal, hordiqlarim toʻkayin. Gʻayratiy
2. Dam olish; dam.
-
Kuy berar yurakka hordiq va darmon H. Olimjon
-
Otaqoʻzining rais boʻlganiga yigirma yildan oshdi. Yigirma yil hordiq nima, huzur-halovat nima — bilmaydi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Tushlik oʻtib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom boʻlgandan keyin, kasalxona gavjum boʻlib ketdi. Oʻ. Xoshimov, Nur borki, soya bor.
-
Tong gʻira-shirasida uxlab, hordiq olgan aravakash otlarni sugʻorib, aravalarga qoʻshdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
3. so‘zlashuv tili Dam olish kuni. U
-
hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodmigarlardan biriga haligi soʻrogʻini berdi. A. Qahhor, Mirzo
hordiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hordiqdan chiqmoq
-
U oʻshanda yana bir hordiqdan chiqdi. Shams, Dushman
-
Shuncha kommunistlarning boshini kestirib hordiqdan chiqmagan Badriy afandi endi mening ham boshimni moʻljalga olyapti. N. Safarov, Tanlangan asarlar
Hordigʻi chiqmoq
-
Keling, qizim, qoʻlingizni yuving. Jindak nahori qilaylik, shoyad hordiqlaringiz chiqsa. Hamza, Paranji sirlari;
-
Hozir kengash chaqirib qoʻymaganida, jiyanining taʼzirini berib, hordigʻi chiqqan boʻlardi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Hordiq kuni
-
Hordiq kunlari shahardan chiqadigan avtomobil shu yerda [maktab sahnida] kartina qoʻyib berar edi. A. Qahhor, Asror bobo
HORDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОРДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hordiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar