konsentrat
bilan ulashing
1. Maxsus ishlovdan oʻtkazilgan va pishirishga tayyor qilib qoʻyilgan quruq masalliq.
-
Kasha konsentrati. Shoʻrva konsentrati.
-
Samolyot yana bir nechta qop tashladi. Bu qoplarda konsentrat, suxari va shakar bor edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Sharoit falakda kosmonavtlarni konsentrat, siqma ovqat isteʼmol etishga majbur etadi. OʻTA
2. q. x. Toʻyimli moddalarga boy, kuchli yem-xashak, ozuqa.
-
Konsentrat yem.
-
Biz har bosh qoʻyning qishlovi uchun oʻrtacha 2 sentnerdan xashak, yetarli miqdorda shirali ozuqa va konsentrat tayyorlab qoʻyganmiz. Gazetadan
3. kon. Foydali qazilmalarni boyitish (tosh, tuproq kabi keraksiz narsalarni chiqarib tashlash) yoʻli bilan hosil boʻlgan mahsulot.
-
Volfram konsentrati. Mis konsentrati.
KONSENTRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОНЦЕНТРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
konsentrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar