lol
bilan ulashing
Izza boʻlib, xijolatda qolib, qattiq hayajon va hayratdan yoki magʻlubiyatdan gapirolmay qolgan, tili tutilgan, mulzam; soqov.
-
Sar-basar hasratlaring sharh etkali loldur tilim. Xislat
-
Zaynab tamom, tamom lol edi. Soʻz qotishga u behol edi. H. Olimjon
-
Bir goʻzalkim, husnidan el lol emish, hayron emish. E. Vohidov, Muhabbat
lol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lol boʻlmoq (yoki qolmoq)
-
Tili lol boʻldi-yu, qoldi soʻzidan. M. Alaviya
-
Lol boʻlib qolgan Masharip akaning lablari oppoq oqarib, saratonda titray boshladi. Mirmuhsin, Kizil durralar;
-
Bu asar shu qadar sodda, oʻngʻay, tushunarliki, muallifning mushohadasi va isteʼdodi oldida lol qolasan kishi. R. Rahmon, Xalq professori
Lol qilmoq (yoki etmoq, aylamoq)
-
Bunyod uygʻondi darhol, Uni lol etdi bu hol. H. Olimjon.
LOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar