lola
bilan ulashing
1. bot. Loladoshlar oilasiga mansub, yirik, chiroyli gulli koʻp yillik oʻsimlik; manzarali ekma gul va uning qizil, sariq yoki targʻil guli.
-
Lola sayli.
-
Togʻda ochilib lola, yer sabza bahor oʻlsa. Furqat
-
Gullar orasida lolalar qaddi-qomatini koʻz-koʻz qilib tebranadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Lola terdik dasta-dasta, kech bilan qaytdik shahar-Yoʻlda bir-bir tarqatib Erkin muhabbat xayliga. E. Vohidov, Muhabbat
2. koʻchma poet. Lola rangli, qizil, qirmizi.
-
Ochilmoq istarkan lola dudoqlar, Javdirab koʻzlaring nechun oʻynoqlar. Uygʻun
-
Lola yangligʻ orazingni men koʻrib tasvirda, Mubtalo boʻlmoqligʻim yozmish ekan taqdirda. Hamza
3. Lola (xotin-qizlar ismi).
lola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lola sayli
-
Taklif etdim tong bilan dildorni lola sayliga, Boshim osmonlarga yetdi, yor deganda mayliga. E. Vohidov, Muhabbat
LOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar