sirli
bilan ulashing
1. 1 Boshqalardan sir tutilgan, yashirin, maxfiy, siri bor.
-
Choʻli boboning joy solayotganlar yoniga ketganidan foydalanib, Horunbek Meʼmorga ohista sirli bir gapni shivirladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ular sersoya daraxtlar ostidagi salqin yoʻlakdan ketib borisharkan, suhbatlari yana quyuqlashib, sirli tus oldi. K. Yashin, Hamza
2. Zamirida qandaydir bir sir yashiringan; ajib, oʻziga jalb qiluvchi.
-
Sheʼriyat — gʻoyat bir sirli olam. Gazetadan
-
Uning uzun kipriklari oydinda qop-qorayib koʻri-nar, allaqanday sirli goʻzallik berardi chehrasiga. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Toʻy soʻzini eshitgan Oynisaning vujudini sirli bir alanga qamradi, yuz-koʻzi oʻt boʻlib yondi, toshkentlikning otini ham tashlab, uyi tomon qochdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Bu gapingam toʻgʻri, sevgi insonning juda sirli tuygʻusi deb bekorga aytmaganlar. S. Karomatov, Oltin qum
3. Nimanidir, qandaydir sirni yashirgan, allaqanday bir siri boʻlgan.
-
Saidgʻozi tinglovchilarni entiktirish uchun bir oz toʻxtab, zalga sirli nazar tashladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
U [Bahrom] menga qarab sirli kuldi. M. Qoriyev, Oydin kechalar
-
— Akang kelyapti, — sirli tovush bilan dedi Ergash, — tagʻin anov kunga oʻxshab bir doʻpposlasa nima qilasan H. Ahmar, Kim haq?
4. Qoʻrqinchli, vahimali; yurakka qoʻrquv soladigan.
-
Shamol oʻrmonni sirli, vahimali sadolar bilan toʻldirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Bir maromda pishqirayotgan okean ayolning koʻngliga vahm solar, qop-qora toshlar qoʻrqinchli va sirli koʻrinardi. Yoshlik
5. Ilmiy jihatdan oʻrganilmagan, ochilmagan, aniqlanmagan, maʼlum boʻlmagan.
-
Hamza koʻnglida Hindiston safari ishtiyoqi tugʻilgan paytdan boshlab bu sirli mamlakat haqidagi yozma va ogʻzaki maʼlumotlarni oʻrgana boshlagan edi. K. Yashin, Hamza
-
Tuzdi-yu Mirzo Ulugʻbek Koʻragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk Qoʻydi narvon oʻzbegim. E. Vohidov, Muhabbatnoma
1. aynan Sirkor II.
-
Agʻyorning sirli mehmonxonasidan doʻstingning somonxonasi yaxshi. Maqol
-
— Bu yaxshi! Buxorodek shahri azimda yuzta kulol boʻlsa ham oz. Bozorlarda idishlar koʻpaysin, yangi binolarga sirli sopollar koʻproq yetkazib berilsin, — dedi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Sir yoki emal bilan qoplangan, sirlangan.
-
Sirli chelak.
-
Kuliga sirli sopol kosa tutgan bir qizcha qadamlarini avaylab bosib keldi-da, kosani Oyimxonga topshirdi va tez chiqib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U taxta eshik zanjirini tushirib, ichkari kirdi. Kigiz oʻrtasidagi tugunga koʻzi tushdi. Ochsa — sirli togʻorada osh, ikki shisha aroq, non bozori kulchalar Yoshlik
SIRLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sirli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar