vafo
bilan ulashing
1. Yorga, doʻstga, yaqin kishilarga sadoqat; oʻz ahd-paymonini muqaddas tutish; soʻzda, vaʼdada qatʼiy turish.
-
Yaxshidan vafo— yomondan jafo. Maqol
-
Vaʼdaga vafo — mardning ishi, vaʼdasiz — subutsiz kishi. Maqol
-
Avvalda olib koʻnglim chin ahd-u vafo birlan, Oxirda jafolarga hamxona qilib ketdi. Hamza, Paranji sirlari
2. Baʼzi ish, uy hayvonlarining egasiga sadoqatiga nisbatan qoʻllanadi.
-
Maqol toʻqiydilar moslab oʻziga, Masalan, it — vafo, deydilar hayhot. A. Oripov, Yillar armoni
-
Ot vafosi toʻgʻrisidagi otalar naqli ikki raqibning ot ustidagi jangida sinaldi. N. Safarov, Olovli izlar
vafo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vafo qilmoq
-
Men unga Umri toʻgʻrisida bilganlarimni aytdim, soʻzimning oxirida: — Oʻz eriga vafo qilmagan xotindan vafo kutma,— dedim. A. Qahhor, Xotinlar
-
Ne qilaykim, dunyo vafo qilmadi, Vafo emas, qatra shafqat qilmadi. H. Shams
-
Vaʼdaga vafo qilmoq — mardlarga xos fazilat. Gʻayratiy
VAFO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАФО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vafo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar